Islom Ahmedov Qarshida murabbiylik kurslarini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
7 okt 2015, 10:56
OFK istruktori Islom Ahmedov Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida futbol murabbiylari uchun o'quv kurslarini o'tkazdi.

Ushbu o'quv-seminar mashg'ulotlari Qarshining “Nasaf” futbol klubi akademiyasi binosida o'tkazildi.

1-5 oktyabr kunlari bo'lib o'tgan seminarlar A, B hamda C licenziyalariga ega bo'lgan va licenziyalari muddati yakunlanayotgan murabbiylarga ularni yangilab olishlari uchun tashkil etildi.

O'quv-kurslarida jami 33 nafar murabbiy ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com