Isko: "Beylning kelishi "Real"ni YCHL favoritiga aylantirdi"

Tolibjon Qosimov
17 sen 2013, 14:00
"Real" yarim himoyachisi Isko YCHL 1-turidan o'rin olgan "Galatasaroy"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
– "Real" – Chempionlar ligasi favoritlaridan biri, – deydi Isko Marca nashriga. – Jamoaga Garet Beyl kelib qo'shildi, u tezda jamoaga qo'shilib keta oldi. Bu esa "Real"ning imkoniyatlarini oshirdi. "Galatasaroy" safida kuchli ijrochilar bor, ammo biz raqibni mag'lub etishni yo'lini topamiz.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru