
Ajoyib pleymeykerimiz ushbu golidan so'ng odatdagidek tribuna tomon yugurib keldi va o'ziga xos usulda salto qildi. E'tiborlisi shundan keyin Jeparov boshchiligida termamizning boshqa vakillari ham golni chaqaloqqa bag'ishlashdi. Shundan so'ng, ma'lum bo'lishicha Server bundan sal kam bir oy oldin o'g'il farzandlik bo'lgan. Shu bois u mazkur golini yaqindagina dunyoga kelgan farzandiga bag'ishladi. Fursatdan foydalanib, biz ham Jeparovlar oilasiga yangi kelgan mehmonga uzoq umr tilaymiz va uning otasidan 10 sentyabr, javob o'yinida ham bir qator gollar urishini kutib qolamiz.