“Inter” yozda Lamela va Gomisni sotib olishga urinib ko'radi

19 fev 2014, 16:17
“Inter” klubi rahbariyati yozgi transfer rejalariga aniqlik kiritib oldi, deb xabar beradi Corriere dello Sport.

Manbaning xabariga ko'ra, “neradzurri”lar Erik Lamela (“Tottenxem”) va Bafetimbin Gomisni (“Lion”) sotib olishga urinib ko'rishadi.

O'tgan yozda “Roma”dan “shporlar” tarkibiga kelib qo'shilgan Lamela, ushbu jamoada o'z o'rniga ega bo'la olmayapti. Gomesning “Lion” bilan tuzgan shartnomasi esa shu yilning 30-iyunida tugaydi.


Manba: sports.ru