"Inter" yaqin haftalarda Barella bilan shartnomani uzaytiradi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2023, 14:24
"Neradzurri" shartnoma imzolanishiga ishonchi komil.

Milanning "Inter" klubi yaqin haftalarda yarim himoyachi Nikolo Barella bilan shartnomani uzaytiradi, deya xabar berdi Nikolo Skira.

Xabar qilinishicha, "neradzurri" 26 yoshli Barella bilan shartnoma imzolash niyatida. Noyabr oyi boshida futbolchi va "Inter" o'rtasidagi yangi kelishuv to'rt mavsumga, 2028 yilning iyuniga qadar davom etishi xabar qilingandi.

Nikolo Barella joriy mavsum "Inter" safida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira