"Inter" o'yinchisi "Atletiko"ga o'tishi mumkin

Alisher
28 iyul 2021, 13:37
"Inter" himoyachisi Stefan de Vrey faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

Niderlandiyalik futbolchiga Madridning "Atletiko" klubidan qiziqish bor. Shaxsan "matraschilar" ustozi Diego Simeone 29 yoshli o'yinchini o'z jamoasida ko'rmoqchi.

Oldinroq, Stefanga Angliyaning "Tottenxem" va "Everton" klublari qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.

De Vrey o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Repubblica