"Inter" Milinkovich-Savichni 80 mln evroga xarid qilishga tayyor

Alisher
5 may 2021, 18:24
"Lacio" xavbeki Sergey Milinkovich-Savich faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.

"Neradzurrilar" rahbariyati serbiyalik yarim himoyachi uchun 80 million evro to'lashga tayyor. "Lacio" esa yetakchilaridan biri bilan 100 million evrodan kamiga xayrlamoqchi emas.

Oldinroq xabar berilganidek, Sergeyga PSJ, "Manchester Yunayted" va "Real" klublari qiziqish bildirmoqda.

Milinkovich-Savich joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 10ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Il Messaggero