"Inter Mayami"ga o'tishi kutilayotgan Alba uchun to'rt da'vogar bor

Mirjalol Normatov
11 iyul 2023, 20:29
Jordi Albada Yevropada qolish imkoniyati bor.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, "Barselona"ning sobiq futbolchisi "Inter Mayami"ga o'tishi kutilayotgandi. Biroq "As" ma'lumotiga ko'ra, hali transfer ishlari to'liqligicha kelishib bo'linmagan.

34 yoshli futbolchining oldida Yevropada qolish imkoniyati ham bor. Unga "Inter" va "Benfika" da'vogarlik qilmoqda. Shuningdek, Saudiya Arabistonining ikki klubi futbolchiga taklif bilan chiqqan, ammo ushbu klublarning nomlari sir tutilmoqda.

Alba yakunlangan mavsumda LaLiganing 24 o'yinida qatnashib, 2 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As