“Inter” Lautaroni olib qolishga ishonmoqda

7 iyul 2020, 08:26
Milan klubi argentinalik bilan xayrlashmoqchi emas.

“Inter” jamoaning argentinalik hujumchisi Lautaro Martines bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni qaytadan boshlashi kutilmoqda. “Neradzurrilar” Martines uchun yiliga bonuslarni hisobga olmaganda 7 mln evro to'lashga tayyor. Qayd etish joiz, Lautaroga ayni damda “Barselona” da'vogar, biroq Kataloniya klubi futbolchi uchun so'ralayotgan 111 mln evroni to'lashga tayyor emas.

2019/20 yilgi mavsum Martines A Ceriyaning 27 ta o'yinida qatnashib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport