"Inter" Allegriga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda

Mirjalol Normatov
23 avg 2020, 14:55
Seshanba kuni "Inter" rahbariyati Antonio Konte borasida yakuniy qarorga keladi.

Gap shundaki, rahbariyat va bosh murabbiy o'rtasida munozara yuzaga kelgan. Tomonlar o'rtasidagi munosabatlar chigallashgan.

Shu boisdan kelasi haftada Konte "Inter"dan ketishi mumkin. Uning o'rniga milanliklar ikki yildan buyon ishsiz yurgan Massimiliano Allegrini klubga taklif etmoqchi. "Inter" mutaxassisga yiliga 8 mln evro maosh taklif qilmoqda.

Ushbu mavsumda "Inter" Italiya chempionatida 2-o'rinni egalladi, Yevropa ligasida esa finalga qadar yetib bordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal