Ingliz klubi "Dinamo" bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
5 okt 2019, 14:35
"Liverpul" Zagrebning "Dinamo" klubi hujumchisi Daniel Olmo uchun raqobatlashmoqda.

Qayd etish kerakki, mersisaydliklar xorvat klubi bilan 21 yoshli forvard borasida muzokaralar olib borishmoqda.

Ammo, "Liverpul" hali xorvatiyaliklar qo'yayotgan shartga tayyor emas.

Zagreb klubi Olmo uchun 31-36 million funt sterling so'ramoqda.

Eslatib o'tamiz, Olmo 2007-2014 yillar davomida "Barselona" akademiyasida shug'ullangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mirror