Inesta: "Messi "Barselona"ni qanday boshqarish kerakligini biladi"

Aslanov Jasurbek
28 avg 2018, 12:51
"Vissel Kobe" yarim himoyachisi Andres Inesta "Barselona"ning tarkibi va hujumchi Lionel Messining yetakchilik qobiliyati haqida fikr bildirdi.

"Barselona" kuchli jamoadek ko'rinyapti, ularning tarkibi kuchli. Rahbariyat yozda yosh va tajribali futbolchilar bilan shartnoma tuzdi. Jamoa mavsum oxirida har bir turnirda g'olib bo'lish imkoniyatlarini saqlab qoladi deb o'ylayman.

Messi doimo sardordek harakat qiladi, xatto bog'ichsiz o'ynasa ham. Leo jamoani yaxshi boshqaradi. Bundan tashqari, u Argentina terma jamoasida ham sardor. Shu sababli unga maslahat berishim shart emas" - deydi Inesta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia