Ilori: “Rojers yaxshi inson va ajoyib murabbiy”

Tolibjon Qosimov
19 sen 2013, 19:04
“Liverpul”ning 20-yoshli yangi futbolchisi Tyago Ilori, klub yoshlari safida “Sanderlend” yoshlariga qarshi o'tkazgan debyut uchrashuvini (5:2) izohlab o'tdi.

“Menga o'yin juda yoqdi. Xoh u zaxiradan maydonga tushsin xoh boshlang'ich tarkibda, har bir o'yinchiga “Enfild”da o'ynash maroqli bo'lsa kerak. Afsuski qo'limdan olgan jarohatim tufayli mavsumoldi tayyorgarlikda ishtirok eta olmadim. Biroq maydonga qaytganimdan xursandman. Menga “Liverpul”da o'ynash yoqadi. Brendan Rojers - yaxshi inson va ajoyib murabbiy”, - himoyachining so'zlarini keltiradi britan OAV.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com