2-tur doirasidagi "Al Taavun" – "Paxtakor" bahsi 10 apreldan 11 aprelga o'tar kechasi 01:15 da start oladi.


Unda "sherlar" bosh murabbiyi Slavche Voyneskiga jamoa yarim himoyachisi Ikrom Aliboev hamrohlik qildi va quyidagi fikrlarni bayon etdi.
"Biz ertaga o'zimizni ko'rsatib, yutish uchun borimizni beramiz. Raqibimizni hurmat qilamiz, yaxshi jamoa, deb ayta olaman.
O'z o'yinimizni namoyish qilsak, vaziyatni yaxshilay olamiz. Mezbon jamoa bilan o'yin qiziqarli bo'ladi, deb o'ylayman", – dedi Aliboev.
2-tur doirasidagi "Al Taavun" – "Paxtakor" bahsi 10 apreldan 11 aprelga o'tar kechasi 01:15 da start oladi.