Ikrom Aliboev: "Loko"ning vazifasi - chempionlik. Mening asosiy maqsadim - "kuchli beshlik"ka yo'l olish"

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2015, 14:30
Yaqindagina Avstriyada yig'in o'tkazib qaytgan "Lokomotiv" jamoasi Toshkentga qaytib keldi. "Temiryo'lchilar" yarim himoyachisi Ikrom Aliboev safar taassurotlari, jamoaning ikkinchi davradagi maqsadi va o'zining shaxsiy rejalari haqida saytimizga qisqacha intervyu berdi.

"Jamoamiz bilan ikkinchi davraga tayyorgarlikni Avstriyada olib bordik. Hammasi reja asosida o'tdi. U yerda to'rtta nazorat uchrashuvi o'tkazdik. Barcha o'yinlarda qatnashdim. Jarohatimdan forig' bo'ldim. Ikkinchi davra o'yinlarida maydonga qaytaman", - deya gap boshladi Ikrom Aliboev.

- "Lokomotiv" ikkinchi davrada peshqadamlikni o'z qo'liga olishiga ishonasizmi?


- Buni hammasini vaqt ko'rsatadi. Bizning maqsadimiz doimo birinchi o'rinni qo'lga kiritish. Bu mavsumda chempionlikni qo'lga kiritishni istaymiz. Ikkinchi davradagi barcha bellashuvlarni o'z foydamizga hal etishga harakat qilamiz.

- O'zbekiston Kubogining yarim final bahsidagi raqiblaringiz "Nasaf" bo'ladi. "Lokomotiv" ushbu to'siqdan o'ta oladimi?

- Finalga yo'l olishimizga ishonamiz. "Nasaf" juda ham kuchli jamoa. Qarshiliklarda jamoaviy o'yin juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Deyarli barcha futbolchilari 5-6 yildan buyon birga yonma-yon to'p tepishmoqda. Biz esa o'tgan yilgi natijamizni takrorashga urinib ko'ramiz.

- Sizga boshqa jamoalardan takliflar bo'ldimi?

- Hech bir jamoa shaxsan menga taklif bilan chiqqani yo'q. Balki jamoaga bu borada takliflar bo'lgandir. Bu borada xabardor emasman. Bu masalada hammasini klub hal qiladi. O'zbek futbolchilarining birinchi maqsadi yevropada to'p tepish. O'zimga keladigan bo'lsak, mening asosiy maqsadim yevropaning o'rtamiyona chempionatida emas, balki kuchli beshlik jamoalarining biriga o'tish.


Shahboz Beg'amov suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia