

Poytaxtimiz Toshkent mezbonlik qilayotgan musobaqaning yarim finalida KXDR va Koreya Respublikasi qizlari o'zaro bellashishdi. Principial to'qnashuvda shimolliklar 3:0 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritishdi.
Ayollar. U-20 Osiyo kubogi
Yarim final
13.03.2024
KXDR - Koreya Respublikasi 3:0
Gollar: Cho Il Son 45, Jong Kum 51, Hvang yu Yong 78


Ikkinchi yarim finalda esa Yaponiya qizlari Avstraliyani 5:1 hisobida engishdi.
Yarim final
13.03.2024
Avstraliya - Yaponiya 1:5
Gollar: Peta Trimis 13 - Hiromi Yoneda 3, Uno Shiragaki 63, Maya Hijikata 83, Chinari Sasai 88, Naomi Tomas-Chinnama 89 (avtogol)


Uchinchi o'rin uchun bahs 16 mart kuni Avstraliya va Koreya Respublikasi o'rtasida bo'lib o'tadi. Final ham xuddi o'sha kuni Yaponiya hamda KXDR o'rtasida bo'lib o'tadi.



