Ikardi Turkiya chempionatiga o'tishga rozi

Mirjalol Normatov
24 avg 2022, 22:51
Hujumchi Mauro Ikardi "Galatasaroy"ga o'tishga yaqin.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, PSJ turk klubining 29 yoshli hujumchi ijarasi borasidagi taklifini qabul qilgan. Futbolchining o'zi ham transferga rozi. Ayni damda tomonlar faqatgina bir narsani - ushbu mavsum yakunlanganidan keyin futbolchining sotib olinishi sharti borasidagi bandni kelisha olishi kerak.

O'tgan mavsumda argentinalik forvard 24 o'yinda qatnashib, 4 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe