Ikardi "Real"ga o'tishni orzu qilmoqda

Aslanov Jasurbek
13 apr 2019, 15:27
"Inter" forvardi Mauro Ikardi Milan klubi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 26 yoshli forvard faoliyatini Chempionlar ligasida barqaror ishtirok etadigan jamoada davom ettirmoqchi. Uning orzusi "Real"ga o'tish, ammo "qaymoqranglilar" argentinalikni hujumni kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida ko'rmayapti. Futbolchining "Yuventus"ga o'tish ehtimoli katta. Vaziyatni "Napoli" va "Manchester Yunayted" kuzatmoqda.

Joriy mavsum Ikardi "Inter" safida 30ta uchrashuv o'tkazib, 16ta gol urdi va 4ta golli pas berdi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS