Ikardi faoliyatini LaLigada davom ettirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
9 apr 2019, 15:03
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi Ispaniyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik futbolchi xizmatlariga "Atletiko" qiziqish bildirmoqda. Yozda "matraschilar" safini birdaniga ikki forvard - Antuan Grizmann va Diego Kosta tark etishi mumkin.

25 yoshli futbolchi uchun kurashda "Atletiko"ga "Real" raqobatchi bo'lishi mumkin. Oldinroq, Grizmann "Barselona"ga o'tishi, Kosta faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkinligi e'lon qilingan edi.

Ikardi "Inter" rahbariyati bilan kelishmovchilik tufayli bir necha hafta jamoa safida maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS