Igor Shkvirin: "Ikki xil taym guvohi bo'ldik"

Aziz Tukhtamuradov
31 may 2015, 09:54
"Olmaliq" jamoasi bosh murabbiyi Igor Shkvirin "Metallurg"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Bugun ikki xil taymga guvoh bo'ldik. Dastlabkisida katta ustunlikka erishgan holda hisobni o'z tomonimizga o'zgartira oldik. Ammo ikkinchi taymda odatdagidek, raqibni o'z jarima maydonimizda qarshi ola boshladik. Bu esa raqibning hujumlarini keskinlashuviga sabab bo'ldi. Bugun Gogol va Murzoev safga qaytgan bo'lsa, sariq kartochkalar tufayli Yovanovich va Inomov uchrashuvni o'tkazib yubordi. Keyingi o'yinlarda vaziyatlardan unumliroq foydalanish ustida ko'proq ishlashga to'g'ri keladi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz