Ibragimovich qachon safga qaytishini aytdi

Eldor Akmurzayev
25 noya 2020, 19:55
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich A Seriyaning 8-turi doirasida "Napoli"ga qarshi o'yinda chap oyoq mushaklaridan jarohat olgandi.

“Xavotirli hech narsa yo'q, bir yo ikki haftadan keyin safga qaytaman”, deya qayd etgan Zlatan.

Ma'lumot o'rnida, 39 yoshli hujumchi Shvetsiyada 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. U joriy mavsum A Seriyada 6 o'yinda maydonga tushib, 10+1 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports