Ibragimovich: "Moldaviya bilan o'yin oson bo'lmadi"

Aslanov Jasurbek
28 mar 2015, 13:45
Shvetsiya terma jamoasi sardori Zlatan Ibragimovich Moldaviyaga qarshi Evro-2016 uchrashuvi (2:0) haqida o'z fikrini bildirdi.

"Kutganimizdek, o'yin oson bo'lgani yo'q. Moldaviya terma jamoasi yaxshi himoyalandi va birinchi bo'limda tartibli o'yin ko'rsatdi. Maydondagi vaziyatni gol o'zgartirdi. Raqib muvozanatni tiklashga urindi va bizda qarshi hujumlar uchun yaxshi imkoniyatlar paydo bo'ldi.

O'z maqsadimizga erishdik - g'alaba qozondik va uch ochkoga ega bo'ldik. Penaltiga keladigan bo'lsak o'sha vaziyatni eslay olmayman" - deydi Ibragimovich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com