Ibragimovich 40 yoshida ham "Milan" tarkibida o'ynaydigan bo'ldi

Mirjalol Normatov
28 mar 2021, 18:30
"Milan" rahbariyati hujumchi Zlatan Ibragimovich bilan shartnomani yana bir yilga uzaytiradigan bo'ldi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, Milan klubi rahbariyati futbolchining harakatlaridan mamnun va uni yana bir mavsum davomida tarkibda olib qolishni rejalashtirmoqda. "Rossoneri" futbolchiga yiiga 10,5 mln evro maosh to'laydi.

Oktyabr oyida Zlatan 40 yoshni qarshilaydi. Biroq bu uning o'yiniga ta’sir qilmagan. U uzoq muddatli tanaffusdan keyin Shvetsiya termasiga ham chaqirildi.

Ushbu mavsumda Ibragimovich 23 o'yinda 17 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport