Hindiston futzal ligasida yulduzlar to'p tepadi

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2016, 23:39
Hindiston futzal ligasi 15 iyul kuni Chennaydagi "Javaharlal Neru" stadionida start oladi.

Jahon futbolining yulduzlari ushbu turnirda ishtirok etishadi.

Luish Figu musobaqa yuziga aylandi. Ronaldinyo, "Manchester Yunayted" sobiq futbolchilari Pol Skoulz va Rayan Giggz ham ushbu o'yinlarda ishtirok etadi.

BU KIMNING G'OYASI?

Bunday turnir tashkil etishda boshqa mamlakatlardan namuna olindi. Quvaytning Abdulloh Al-Rudan musobaqasi Hindiston futzal ligasi tashkilotchilarini ilhomlantirgan bo'lsa ajab emas.

MASHHUR FUTBOLCHILAR QAYSI JAMOALARDA O'YNASHADI?

Chennay - Falkao (futzalchi)


Mumbay - Rayan Giggz



Kalkutta - Ernan Krespo



Goa - Ronaldinyo



Bangalor - Pol Skoulz



Kochi - Michel Salgado



TURNIR QANDAY REJIMDA O'TKAZILADI?

Oltita jamoa ikki guruhga bo'linadi. Har bir jamoa 7 kun ichida 2 ta o'yin o'tkaziladi. Guruh g'olibi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar yarim final yo'llanmasiga ega bo'lishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail