Hakamlar markazi rahbari lavozimidan ozod etildi

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2025, 17:09
Hakamlar markazi rahbari Lazizbek Qo'chqorov lavozimini tark etdi.

O'zbekiston futbol hakamlar markazi rahbari Lazizbek Ko'chqorov boshqa lavozimga o'tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Mutaxassisning yangi ish joyi hozircha e'lon qilingani yo'q.

"Ikki yarim yillik faoliyatim davomida hakamlik sohasini rivojlantirish, hakamlarning halol va jozibali ish olib borishiga va Markaz uchun ijobiy islohotlar o'tkazishga bor kuchim bilan harakat qildim. Ushbu yo'nalish men uchun katta tajriba bo'ldi. Fursatdan foydalanib, butun o'zbek futboli jamoatchiligiga, jonkuyar muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Markazning kelgusi faoliyatiga esa faqat muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolaman!" - deydi Laziz Qo'chqorov

Eslatib o'tamiz, Laziz Qo'chqorov 2022-yil 16-iyundan boshlab hakamlar markazi rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: t.me/uzfhm