Gvardiola: "Siti"da "Barselona", "Bavariya" yoki MYU kabi tarix va sovrinlar yo'q"

Tolibjon Qosimov
4 yanv 2017, 12:06
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "shaharliklar" Yevropaning top-klublari bilan bir qatorda turish imkoniga ega bo'lish uchun YCHLda 10 yil ishtirok etishlari kerakligini aytib o'tdi.
"Bizda "Barselona", "Bavariya", "Manchester Yunayted" yoki "Yuventus" kabi tarix va sovrinlar yo'q. Biz YCHLda 10 yil davomida uzluksiz ishtirok etishimiz lozim. Bu klub uchun bitta sovrin yutgandan ko'ra muhimroq, menga ishoning.

Biz odamlarni jamoada faoliyat olib borayotganlar ko'proq narsaga qodir ekanliklariga ishontira olishimiz kerak. Shuningdek, muxlislarni ham", - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Mirror.co.uk