Gvardiola Pyanich borasidagi xabarni rad qildi

Mirjalol Normatov
25 iyul 2018, 12:12
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa "Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanichni sotib olishni istayotganini rad qildi.

"Pyanich - "Yuventus" futbolchisi. "Manchester Siti"da Miralemning poziciyasida harakat qiladigan futbolchilar ko'p. Shu boisdan unga extiyoj bildirmayapmiz", - dedi Gvardiola.

O'tgan mavsumda Pyanich 44 uchrashuvda 7 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: City Watch