Gvardiola Laportning qancha muddatga safdan chiqqanini ma'lum qildi

Eldor Akmurzayev
28 fev 2020, 19:35
“Man Siti” ustozi jamoa himoyachisi Emerik Laportning jarohati haqida gapirdi.

Laport YCHLning 1/8 bosqichidan o'rin olgan “Real”ga qarshi (2:1) ilk bahsda jarohat olib, zaxiraga olingan edi.

“U orqa son qismidan jarohatlangan bo'lib, taxminan 3 hafta, bir oyga safdan chiqdi. Afsuski, 4-5 oy o'yin amaliyotisiz qolsa, shu kabi holat yuz beradi. 

Hayot murakkab va unda noxush vaziyatlarda ham kurasha oladiganlar yashab qoladi. Buni ijobiy qabul qilish va imkon qadar tezroq safga qaytish uchun mehnat qilish kerak”, deydi Pep.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC