Gvardiola Grilishning Chempionlar Ligasidagi debyutidan mamnun

Alisher
16 sen 2021, 17:16
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa xavbeki Jek Grilishning CHLdagi o'yini haqida gapirdi.

"Aston Villa"dan 117,5 million evro evaziga xarid qiligan futbolchi "shaharliklar"ga "RB Leyptsig"ni 6:3 hisobida engishga yordam berdi.

"Umid qilamanki, bu Jek uchun ilk gollaridan biri. Men uning har kuni o'yin bo'yicha kuchayayotganini sezyapman. Uning kelajakda faqatgina kuchaya olishiga shubha qilmayman", - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The National