Gvardiola – FourFourTwo versiyasi bo'yicha dunyoning eng yaxshi murabbiyi

31 okt 2018, 02:33
FourFourTwo nashri dunyoning ayni paytdagi eng yaxshi 50 ta murabbiyi reytingini e'lon qildi.

Unda birinchi o'rinni “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola egallab turibdi. Ikkinchi o'rin “Real”ning sobiq ustozi Zinedin Zidan band etgan bo'lsa, kuchli uchlikni “Atletiko” murabbiyi Diego Simeone yakunlagan.

FourFourTwo versiyasi bo'yicha dastlabki o'ntalik quyidagicha ko'rinish olgan:

1. Xosep Gvardiola (Manchester Siti)

2. Zinedin Zidan (Real sobiq murabbiyi)

3. Diego Simeone (Atletiko)

4. Massimiliano Allegri (Yuventus)

5. Yurgen Klopp (Liverpul)

6. Dide Desham (Fransiya terma jamoasi)

7. Maurisio Pochettino (Tottenxem Xotspur)

8. Mauricio Sarri (Chelsi)

9. Yulian Nagelsmann (Xoffenxaym)

10. Ernesto Valverde (Barselona).

O'xshash yangiliklar


Manba: FourFourTwo