Gvardiola De Bryuyne qachon maydonga qayta olishini ma'lum qildi

Omonjon To`xtamirzayev
29 noya 2023, 18:41
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola xavbek Kevin De Bryuynening maydonga qaytishga tayyorligi haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi.

Agarda De Bryuyne yanvarda maydonga qaytishini aytgan bo'lsa, demak yanvarda bu amalga oshadi. Bu futbol, Kevin 21 yoshda emas. Vaqt o'tmoqda, afsuski, u jarohatlangan va to'liq tuzalib, tiklanib olishi zarur. Biz u tuzalib, bir haftada o'zining eng yaxshi sport formasiga qaytishini kutmayapmiz.

32 yoshli xavbek joriy mavsum jarohati sabab bor-yo'g'i 2 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2025 yilning iyunigacha mo'ljallangan. 

Gvardiola faoliyatida ilk bor 4:4 hisobi qayd etildi

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо