Gvardiola: "De Bryuyne meni qayerdan topish kerakligini biladi"

Mirjalol Normatov
14 yanv 2019
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarim himoyachi Kevin De Bryuyneing noroziligi haqida gapirdi.

"De Bryuynening noroziligi? U bilan gaplashganim yo'q. Shu boisdan hozir bu yerda o'tirib, u nima haqda o'ylayotganini bilmayman. Demak, bu holat borasida bir gap ayta olmayman. Agarda Kevinda muammolar paydo bo'lsa, meni qayerdan topish kerakligini yaxshi biladi", - dedi Gvardiola.

"Byorton"ga qarshi uchrashuvning 58-daqiqasida De Bryuyne zaxiraga olinganidan norozi bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports