Gvardiola: "Berlinda chempionlikni qo'lga kiritsak uni nishonlaymiz""

25 mar 2014, 23:32
Pep Gvardiola jamoasi "Gerta" bilan o'yinda chempionlikni rasmiylashtirsa uni nishonlashi mumkinligini aytib o'tdi.

Berlinda maqsadimizga eta olsak, futbolchilarga o'yindan keyin chempionlikni nishonlashlariga ruxsat beraman. Bu voqeani ular  muxlislar bilan xursandchilikda nishonlashlari kerak. Faqat "piva bazmi" bo'lmaydi. Futbolchilar maydonda qolishlari mumkin. Men esa kiyinish xonasiga yo'l olaman. Oldinda  bizni muhim o'yinlar kutib turibdi.


Manba: fc-bayern.ru