Guruhda natijalar teng bo'lsa, g'olib qanday aniqlanadi?

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2018, 12:11
Rossiyada o'tayotgan JCH-2018da "A" va "B" guruhilarining 2-tur uchrashuvlari yakunlandi.

Rossiya terma jamoasi muddatidan avval 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi, biroq ular qaysi o'rinni olgani 25 iyunda hal bo'ladi.

Stanislav Cherchesov jamoasi raqibi 4 soat keyin "B" guruhi o'yinlari yakunlanganda aniqlanadi.

Hozir "B" kvartetidagi vaziyat chigal. Ispaniya va Portugaliya kecha 1:0 hisobida g'alabaga erishishdi va endi ular barcha ko'rsatkich bo'yicha teng natija qayd etishdi.


1. Ikki jamoadagi ham 4 ochkodan.

2. To'plar nisbati +1.

3. Urilgan gollar soni 4ta.

4. O'zaro o'yindagi natija - durang.

Endi yana ikkita band bo'yicha o'rinlar ajratiladi:

1. Fair Play ochkolari. Har bir sariq kartochka uchun - 1 ochko olib tashlanadi, qizil uchun esa 3. To'g'ridan-to'g'ri chetlatish uchun jamoa 4 ochkosiz qoladi, sariq va to'g'ridan-to'g'ri qizil uchun - 5 ochko ayiriladi. Har bir futbolchi faqat bitta jarima olishi mumkin.

2. Agar avvalgi band bo'yicha ham durang bo'lsa, FIFA qur'a tashlaydi.


Hozircha feyr-pley ballari bo'yicha Ispaniya oldinda: Ikki turda ular 1ta sariq kartochka olishdi (-1 ochko), Portugalida esa 2ta (-2).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru