Grizmann: “Barchasi uchun “Real Sosedad”ga rahmat”

Tolibjon Qosimov
29 iyul 2014, 12:17
“Real Sosedad” sobiq yarim himoyachisi, Madridning “Atletiko” klubiga ko'chib o'tgan Antuan Grizmann, sobiq klubiga minnatdorchilik bildirdi.
“Men 13 yoshimda “Real Sosedad”ga kelganman. Klub men uchun o'z eshiklarini ochgan. “Real Sosedad” menga ishongan. Boshida menga juda qiyin bo'ldi, ammo qattiq mehnat tufayli men bu jamoa safiga kira oldim. Bugun men “Real Sosedad”ga rahmat aytmoqchiman, chunki bu klubda men ko'p narsalarni o'rgandim” – deydi Grizmann.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com