Grizmann APLga ko'chib o'tishga tayyor

3 iyul 2020, 19:23
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Barselona"ning 29 yoshli forvardi Antuan Grizmann katalon klubini tark etishga yaqin turibdi.

Boisi shundaki, fransiyalik futbolchi va "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Kike Seten o'rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelgan. Shu tufayli Grizmann yangi takliflarni muhokama qilib ko'rishga qaror qilgan. Uning Angliya chempionatiga ko'chib o'tishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Hozircha unga Manchester klublaridan qiziqish bildirilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo