Gorecka JCH-2034 Saudiya Arabistonida o'tishidan norozi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2023, 11:58
"Bavariya" yarim himoyachisi JCH-2034ni Saudiya Arabistonida o'tkazish bo'yicha chiqarilgan qarordan noroziligigi yashirib o'tirmadi.

"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Leon Goreckaga JCH-2034ning Saudiya Arabistoniga berilgani yoqmayapti. Uning aytishicha, Germaniya Futbol Assotsiatsiyasining bunga qarshi aniq signali bo'lishi kerak.

"Men aniq ko'ryapmanki, bu tayinlashda va buning uchun qo'llangan mezonlarda xatolik bo'lgan. Xato tuzatilmadi va bu yaxshi emas", –  dedi Gorecka.

Eslatib o'tamiz, Leon Gorecka Germaniya terma jamoasida 2014 yildan buyon to'p tepadi va ikkita Jahon chempionatida ishtirok etgan – 2018 va 2022 yillarda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic