Gollandiya va Yaponiya o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi
Narzulla Saydullayev
24 sen 2013, 18:32
Shu yilning 16 noyabr kuni Gollandiya va Yaponiya terma jamoalari, yaponlar yig'in o'tkazishni mo'ljallayotgan Belgiyada o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.
O'yin bo'lib o'tadigan shahar hali aniqlanmadi. Biroq yaponlar Lej yoki Genk shaharlaridan birini tanlashmoqchi.
Eslatib o'tamiz, bu ikki terma jamoa 2014 yil Braziliyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritib bo'lgan.