Germaniyaning Konfederatsiyalar kubogi uchun tarkibi ma'lum

Narzulla Saydullayev
17 may 2017, 16:53
17 iyun kuni Rossiyada Konfederatsiyalar kubogi musobaqasi start oladi.

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov musobaqada ishtirok etuvchi futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Germaniya guruhda Avstraliya, Kamerun va Chili bilan o'ynaydi.

Darvozabonlar: Bernd Leno, Mark-Andre ter Stegen, Kevin Trapp;

Himoyachilar: Mattias Ginter, Yonas Xektor, Bendjamin Xenrixs, Yozua Kimmix, Shkodran Mustafi, Marvin Plattenxardt, Antonio Ryudiger, Niklas Zyule;

Yarim himoyachi va hujumchilar: Yulian Brandt, Emre Djan, Kerem Demirbay, Diego Demme, Yulian Draksler, Leon Goretcka, Sebastyan Rudi, Leroy Sane, Lars Shtindl, Sandro Vagner, Timo Verner, Amin Yunes.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia