Germaniyada yilning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Mirjalol Normatov
25 iyul 2021, 16:13
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Germaniyada 2021 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

G'olibni Germaniya sport jurnalistlari assotsiatsiyasi "Kicker" nashri tomonidan o'tkazgan so'rovnoma orqali aniqlashdi. Tuxel bunda 129 ovoz to'plagan. Ikkinchi o'rinda esa "Bavariya" bosh murabbiyi Xansi Flik qayd etilgan - 118 ovoz. Kuchli uchlikni Edin Terzich yakunlab bergan - 75 ovoz.

Eslatib o'tamiz, Tuxel o'tgan mavsumda "Chelsi" bilan birgalikda YCHLni yutgan bo'lsa, Flik "Bavariya" bilan klublar o'rtasidagi JCH hamda Bundesliga sovriniga ega chiqdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Kicker