G'ayrat Rayimjonov: "Derbi maqomidagi bahs bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
25 may 2018
Ayollar o'rtasidagi mamlakat chempionatining navbatdagi turida "Qo'qon-1912" jamoasi Uchko'prikda "Neftchi"ni qabul qildi.

O'yinda farg'onaliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Bahsdan so'ng "Neftchi" murabbiyi G'ayrat Rayimjonov o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi

- Qo'qonliklarga qarshi haqiqiy derbi maqomidagi o'yinga guvohi bo'ldik va Uchko'prikda ham "Neftchi"ning g'alabali seriyasi davom etdi. Ochig'ini aytish kerak, o'yindan o'yinga jamoamiz a'zolarini o'zlariga bo'lgan ishonchlari ortib bormoqda. Hamkasbim Bahodir Qosimov bilan birgalikda futbolchilarni ushbu bahsga jiddiy hozirlagandik. Mehnatlarimiz o'z samarasini berdi. O'yinda xar bir qizimiz maydonda o'ziga yuklatilgan mas'uliyatni to'g'ri his etgan holda kurashdi. Bitta gol bahs taqdirini hal qiladigan uchrashuv edi va ana shu golni biz kiritishga erishdik. Mazkur g'alaba bilan cheklanib qolmaymiz va olg'a borishda davom etamiz, - dedi G'ayrat Rayimjonov.

Bahodir Ergashev yozib oldi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz