Ganalik hujumchi "Lokomotiv"da ko'rikdan o'tadi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2015, 09:00
2016 yilgi mavsumda Toshkentning "Lokomotiv" klubi safida afrikalik hujumchi to'p tepishi mumkin.

1994 yilda tug'ilgan ganalik Jilbert Kumson yaqin orada "temiryo'lchilar" safida ko'rikdan o'tishi kutilmoqda. Gana o'smirlar terma jamoasida o'ynagan Kumson bunga qadar Tailandning "Bek Tero Sasana" va "Samut Songkram", Norvegiyaning "Songdal" kabi klublarda faoliyat olib borgan. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia