Futzal. Yangi mavsumning ilk o'yinlari 20 oktyabr kuni bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
17 okt 2014, 14:52
Bugun O'FF majlislar zalida futzal bo'yicha 2014-2015 yilgi mavsum uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra yangi mavsumda 10ta jamoa oliy ligada chempionlik uchun kurash olib boradi.

Dastlabki bosqichning ilk tur o'yinlari Toshkentdagi "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi.

20 oktyabr kuni soat 17:00da futzal mavsumining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Barcha muxlislarni bahslar va ochilish marosimiga taklif etamiz.

20 oktyabr 2014 yil
Toshkent. "O'zbekiston" sport majmuasi

"Kogon" - "Nasaf"
"Bunyodkor" - "Paxtakor"
"Lokomotiv" - "Olmaliq"
"Nafis" - "Ardus"
"Maksam-Chirchiq" - "Do'stlik-AIN"

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia