

Unga ko'ra, Osiyo vice-chempioni bo'lgan O'zbekiston milliy terma jamoasi o'tgan oydagi o'rnini saqlab qoldi - 20-o'rin. Terma jamoamiz 1252 ochkoga ega bo'lib turibdi.
Biz hamon Osiyoda to'rtinchi o'rinda boryapmiz. Amaldagi Osiyo chempioni Eron 5-pog'onadan joy olgan. Yaponiya 12, Tailand terma jamoasi 15-o'rinni band etgan. Dunyo reytingining kuchli uchligida Braziliya, Ispaniya va Rossiya terma jamoalari zikr etilgan.



