Futzal. Terma jamoamiz bugun Malayziya bilan o'ynaydi

Nozimov Nig'monxo'ja
9 okt 2023, 08:08
Bugun Farg'onada Osiyo kubogining saralash bahslarining ikkinchi tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

O'zbekiston terma jamoasi ikkinchi turda Malayziya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. 

Ushbu uchrashuv soat 18:00da Farg'onadagi Samo sport majmuasida start oladi. 

Eslatib o'tamiz, futzalchilarimiz birinchi turda Kambodjani 6:1 hisobida mag'lub etgandi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.asia