Futzal. "Tashkent Cup-2014". Qozog'iston yirik hisobda g'alaba qozondi + FOTO

Tolibjon Qosimov
1 dek 2014, 18:12
"O'zbekiston" sport majmuasida futzal bo'yicha "Tashkent Cup-2014" xalqaro turniriga start berildi.
Dastlabki uchrashuvda Ozarbayjon hamda Qozog'iston terma jamoalari o'zaro kurash olib bordilar.


Qozog'iston - Ozarbayjon 4:1
Gollar:
D.Suleymenov 14, N.Pengrin 32, Leo 32, 37 - R.Farajzade 36

Qozog'iston: 1.Igita, 6.Leonardo Mendonsa, 7.Nikolay Pengrin, 11.Mixail Pershin, 15.Pavel Tako, 5.Serik Jamankulov, 8.Dinmuxambet Suleymenov, 9.Aleksandr Dovgan, 12. Alin Assilhan, 13.Sundetkali Mamaev, 14.Aleksey Lopatyuk, 16.Stanislav Kononenko, 17.Konstantin Chebotaryov, 18.Nurim Kenjebaev

Ozarbayjon: 1.Jiovanni Buranello, 8.Rizvan Farzaliev, 7.Rajab Farajzade, 11.Namid Mammadkarimov, 14.Vitaliy Borisov, 2.Samir Hamzaev, 4.Ramiz Chovdarov, 6.Borjes Eduardo, 9.Amadeu Da Silva, 10.Fimeo De Aranjo, 12.Rovshan Huseynli, 15.Xatai Bajxirov, 17.Isa Afaev.



                          MATNLI TRANSLYATSIYA

40. Uchrashuv Qozog'istonning 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi

37. Goool, yana va yana gol, Leodan dubl. Braziliyalik bu safar ham bo'sh qolgan darvozani uzoqdan nishonga olmoqda.

36. Gooool, Rajab Farajzade hisobni qisqartirmoqda, 3:1. Haqiqiy futzalcha gol bo'ldi ozarlar ijrosida.

Ozarbayjon bosh murabbiyining beshinchi o'yinchini tushirishi foyda bermiyapti. Aytgancha, har ikkala terma jamoa darvozasini asli braziliyalik bo'lgan darvozabonlar qo'riqlashmoqda.

34. Rajab Faradzadening ayyorona zarbasiga salgina aniqlik yetishmadi.

33. Pershinning zarbasi noaniq chiqdi, qo'shnilarimizning ishtaxasi ochilib ketdi.

32. Yana gooooool, bu safar Leo!!! Hisob yiriklashdi.

32. Goool, Nikolay Pengrin hisobni 2:0 ko'rinishga keltirib qo'ydi.

30. Pengrin-Tako kombinaciyasidan keyin to'p shundoqqina darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

29. Mixail Pershinga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan jarimadan Qozog'iston termasi a'zolari unumli foydalana olishmadi.

28. Rizvan Farzalievning jarimadan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.

27. Mendonsaning kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi.

25. Ozarbayjonliklar himoyachisi jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

24. Eduardoning zarbasi biroz yuqoridan ketdi.

23. Pavel Takoga nisbatan qo'pollik ishlatildi, jarima zarbasi samarasiz yakunlandi.

22. O'yin tempi juda yuqori, har ikki jamoa ham ketma-ket hujum uyushtirmoqda.

21. Qozog'iston terma jamoasi darvozaboni doimiy ravishda maydon markaziga chiqib o'ynamoqda. Qardoshlarimizda birinchi fol.

Ikkinchi bo'lim boshlandi! Olg'a!!!

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia