Futzal. Shuhrat Po'latov: "Lokomotiv"ga omad tilayman

Tolibjon Qosimov
22 avg 2014, 14:56
25 avgustda Chengdu (Xitoy) shahrida boshlanadigan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga start beriladi.
Unda O'zbekiston nomidan "Lokomotiv" ishtirok etadi. Shu munosabat bilan o'zbekistonlik FIFA referisi Shuhrat Po'latovdan fikr oldik.

- Xitoyda vatanimiz shanini himoya qiladigan "Lokomotiv" jamoasiga omad tilab qolaman. Umid qilamanki, Ahad Yusupov va uning shogirdlari Chengduda chiroyli g'alabalarni qo'lga kiritishadi. Buning uchun ularda imkoniyat etarli.
O'zim shu kungacha ikki marotaba ushbu musobaqada ishlaganman, - deya o'z fikrini bildirib o'tdi Shuhrat Po'latov.

Eslatib o'tamiz, Chengdudagi musobaqada o'zbekistonlik Olim Arifov komissar sifatida ishtirok etadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia