Futzal. JCH-2016. Rossiya Ispaniyani mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi

Tolibjon Qosimov
25 sen 2016, 05:48
Bugun futzal bo'yicha Jahon chempionatining chorak final bellashuvlariga start berildi.

2 karra Jahon chempioni hisoblangan amaldagi Yevropa chempioni Ispaniya terma jamoasi Rossiyadan yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Ruslar Yevropa chempionati finali uchun munosib revansh olishdi.

JCH-2016
Chorak final

25.09.2016, 04:00
Kali, "Kolizeo el Pueblo"

Rossiya - Ispaniya 6:2
Gollar:
Chishkala 3, 15, E.Lima 19, 31 Fernandao 27 (avt.), Gustavo 39 - Rivillos 3, Migelin 6

Rossiya (birinchi beshlik): Gustavo, Chishkala, Eder Lima, Robino, Davidov.
Zaxira: Zamtaradze, Vikulov, Shayaxmetov, Liskov, Romulo, Milovanov, Abramov, Niyazov, Abramovich.

Ispaniya (birinchi beshlik): Sedano, Ortiz, Rivillos, Pola, Aleks.
Zaxira: Xuanxo, Errero, Bebe, Xose Ruiz, Alkardo, Fernandao, Migelin, Raul Kampos.

Ogohlantirishlar: E.Lima 8, Gustavo 19, Romulo 25 - Rivillos 26, Fernandao 27
Chetlatish: Romulo 27

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia