Futzal. Bugun Farg'onada 10-tur start oladi, peshqadam BMB "Paxtakor"ga qarshi

Tolibjon Qosimov
8 may 2024, 11:27
O'zbekiston futzal terma jamoamiz yaqindagina Tailandda o'tkazilgan Osiyo Kubogida bronza medallarini qo'lga kiritganidan xabaringiz bor.

Bugundan esa futzalchilar yana ichki chempionat bahslaridagi ishtiroklarini davom ettirishadi.

Futzal bo'yicha Oliy liganing 10-tur bellashuvlariga Farg'ona shahri mezbonlik qiladi. Bugun quyidagi o'yinlar bo'lib o'tadi.

Futzal. Oliy liga

10-tur, Farg'ona

08.05.2024

11:00. "Nasaf" - "Jizzax"

13:00. BMB - "Paxtakor"

15:00. "Dinamo" - "Lokomotiv"

17:00. "Maksam-Chirchiq" - OKMK


Bu turning dastlabki uchrashuvlarini quyidagi o'yinchilar o'tkazib yuborishadi:

Husniddin Nishonov, "Oil-star"

Behruz Samiev, "Oil-star"

Dilshod Rahmatov, "Oil-star"

Botirbek Rizaev, "Maksam-Chirchiq"

A'zam Matvaliev, "Lokomotiv"

Eslatib o'tamiz, Oliy ligada ayni paytda Nodir Eliboev boshqaruvidagi BMB jamoasi 49 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia