
Turkiya chempionati doirasidagi Beshiktosh - Qosimposho o'rtasidagi o'yin vaqtida qiziqarli vaziyat sodir bo'ldi. Mezbonlar 1:0 hisobida oldinda borayotgan vaqtda Qosimposho himoyachisi Rayan Donk maydondagi ikkinchi to'pni qo'liga oladi, shu vaziyatda maydonni narigi tomonidagi to'p uning jarima maydoni ichiga keladi. Gollandiyalik himoyachi shu zahoti qo'lidagi to'pni Beshiktosh hujumchisi tomonga otadi, to'p maydondagi to'pga tegadi va o'yin to'xtatiladi. Bu vaziyat uchun hakam Donkni sariq kartochka bilan jazoladi.